Gazdagi namlik muz tiqinlariga va kutilmagan to‘xtashlarga olib keladi. Quyida CNG seriyali adsorbsion quritgich qo‘llanmasidagi texnik regламент keltirilgan.
Har kuni: — ish rejimi, kirishdagi harorat va bosim, avariya lampasi yonmaganini tekshiring; — shudring nuqtasi −65 °C yoki undan past bo‘lsin; — drenaj ishini tekshiring, kondensat bakini kuniga 1–2 marta bo‘shating (kondensat zaharli).
Har hafta: — old filtrda bosim farqi 0,2 kg/sm² dan oshsa, filtr ichini tozalang; — keyingi filtrda shunday bo‘lsa, elementni almashtiring; — filtrni ochishdan oldin oldidagi va orqasidagi klapanlarni yoping, drenajni oching va bosim atmosferagacha tushganiga ishonch hosil qiling.
Har yili: — shudring nuqtasi −65 °C da ushlanmasa, adsorbentni almashtiring (xizmat muddati 3–5 yil).
KIP havosi bosimi 4 kg/sm² dan past bo‘lmasin, aks holda klapanlar noto‘g‘ri ishlashi mumkin.
Quritgich yoki filtr bo‘yicha savollar bo‘yicha bepul maslahat olish mumkin: Telegram @Petronix_admin, tel. +998 98 011 33 44.