Sovuq tushganda muammolar ko‘pincha moy tizimida chiqadi. Mavsumdan oldin shularni o‘tkazing:
Panelda Alarm ekranini oching: oxirgi to‘xtashlar tarixini ko‘rib, takrorlanayotgan xabarlar sababini aniqlang.
Oil Control ekranida SUMMER rejimini WINTER ga almashtiring. Qishda kompressor to‘xtaganda ham moy nasosi ishlab turadi.
TEST ekranida yordamchi moy nasosi, moy isitgichi (Lube Oil Heater) va ventilyatorlarni sinang. Keyin rejimni Auto ga qaytaring.
Karterdagi moy sathini va moy filtrini tekshiring.
Lubrikator oqim hisoblagichi ko‘rsatkichlarini ko‘ring: har bir nuqtaga moy kelayotgan bo‘lishi kerak.
Supervisor Mode sozlamalarini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirmang. Noto‘g‘ri qiymat mashinani ortiqcha yuklashi mumkin.
Ehtiyot qism kerak bo‘lsa, buyurtmadan oldin shildikdagi to‘liq belgini tekshiring: bir seriyaning variantlarida silindr va klapan detallari farq qiladi.
Servis yoki qism bo‘yicha: Telegram @Petronix_admin, tel. +998 98 011 33 44