Kompressor tez-tez to‘xtayapti, shuning uchun himoya sozlamasini bo‘shatib qo‘yaman, deyish eng qimmat xatolardan biri hisoblanadi.
Avtomatik to‘xtash nosozlik emas, bu kompressorning o‘zini himoya qilishidir. Bosim, harorat, tok yoki kuchlanish chegarasini oshirsangiz yoki himoyani o‘chirib qo‘ysangiz, to‘xtashlar kamayadi. Lekin sabab joyida qoladi va keyinroq ancha yirik, qimmat buzilishga olib kelishi mumkin.
Qanday to‘g‘ri ish tutish kerak:
— Avval paneldagi Alarm ekranida avariya tarixini ko‘ring: qaysi parametr va qachon ishga tushgan.
— Sababni qidiring: elektr tarmog‘i, tok, sovutish, moylash, mexanika.
— Asosiy sozlamalarni (Supervisor Mode) faqat o‘qitilgan mutaxassis o‘zgartirsin. Noto‘g‘ri qiymat mashinani ortiqcha yuklashi mumkin.
— Nosozlik bartaraf etilgach, System Reset tugmasini 3 soniyadan uzoq ushlab turing.
To‘xtash takrorlanayaptimi? Alarm ekranining suratini yuboring, sababni birga aniqlaymiz. Maslahat bepul.
Telegram: @Petronix_admin Tel: +998 98 011 33 44